MEXANIKA MASALALARINI GRAFIK USULDA WOLFRAM MATHEMATICA DASTURI ASOSIDA YECHISH
Main Article Content
Abstract
Ushbu ilmiy maqolada klassik mexanikaning asosiy bo‘limlariga oid masalalarni Wolfram Mathematica dasturi yordamida grafik va sonli usullarda yechish hamda tahlil qilish masalalari ko‘rib chiqilgan. Mexanik jarayonlarni matematik modellashtirish ko‘pincha murakkab differensial tenglamalar va analitik yechimlar bilan bog‘liq bo‘lib, bunday holatlarda grafik va sonli yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada otilgan jism harakati, havo qarshiligi bilan harakat, qiya sirt bo‘yicha sirpanish, oddiy mayatnik, garmonik tebranuvchi, ikki massa-prujina tizimi, markaziy kuch maydonida harakat, shuningdek impuls va energiya saqlanish qonunlari misollar orqali tahlil qilingan. Har bir mexanik model uchun tegishli matematik tenglamalar tuzilib, Wolfram Mathematica muhitida ularning grafik tasvirlari, faza portretlari va sonli yechimlari olingan. Olingan natijalar mexanik jarayonlarning fizik mohiyatini chuqurroq tushunishga, parametrlarning o‘zgarishi harakat xarakteriga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlashga imkon beradi. Tadqiqot natijalari Wolfram Mathematica dasturidan mexanika fanini o‘qitishda, laboratoriya mashg‘ulotlarida hamda ilmiy tadqiqotlarda samarali foydalanish mumkinligini ko‘rsatadi.
Article Details

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
References
1. Goldstein, H. (1980). Classical Mechanics. Addison-Wesley Publishing Company.
2. Marion, J., Thornton, S. (2004). Classical Dynamics of Particles and Systems. Cengage Learning.
3. Landau, L. D., Lifshitz, E. M. (1976). Mechanics. Elsevier
4. Wolfram, S. (2003). The Mathematica Book. Wolfram Media.
5. Wolfram Research. Wolfram Mathematica Documentation.
URL: https://reference.wolfram.com
6. Feynman, R. P. (2011). The Feynman Lectures on Physics, Vol. I. Basic Books.