SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM KONSEPSIYASI ASOSIDA MAKTABGACHA TA’LIM JARAYONIDA MONTESSORI TEXNOLOGIYALARINI SAMARALI QO‘LLASH YO‘LLARI

Main Article Content

Xurshida Rustam qizi Shayzakova

Abstract

Mazkur maqolada shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasi asosida maktabgacha ta’lim jarayonida Montessori texnologiyalarini samarali qo‘llash masalalari kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda Montessori pedagogikasining nazariy-metodologik asoslari, uning bolalarning individual rivojlanish ehtiyojlarini qondirishdagi o‘rni hamda ta’lim jarayonini individuallashtirishdagi imkoniyatlari yoritib berilgan. Shuningdek, Montessori muhitining didaktik xususiyatlari, o‘yin va mustaqil faoliyat orqali bolalarda kognitiv, ijtimoiy va emotsional kompetensiyalarni shakllantirish mexanizmlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida kuzatish, taqqoslash va pedagogik tahlil metodlaridan foydalanilib, Montessori texnologiyalarini amaliyotga joriy etishning samarali yo‘llari aniqlangan. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida Montessori texnologiyalaridan foydalanish maktabgacha yoshdagi bolalarning mustaqil fikrlash, o‘z-o‘zini boshqarish hamda ijodiy faolligini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqot xulosalari maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etishda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Article Details

How to Cite
Shayzakova , X. R. qizi. (2026). SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM KONSEPSIYASI ASOSIDA MAKTABGACHA TA’LIM JARAYONIDA MONTESSORI TEXNOLOGIYALARINI SAMARALI QO‘LLASH YO‘LLARI. GOLDEN BRAIN, 4(1), 164–170. Retrieved from https://webgoldenbrain.com/index.php/gb/article/view/197
Section
Articles

References

1. O‘zbekiston Respublikasi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. Toshkent- 2020.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. Toshkent- 2019.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni. Toshkent- 2017.

4. Dewey.J. Experience and Education. New York, Macmillan- 2007.

5. Elkind.D. The Power of Play: Learning What Comes Naturally. Cambridge, Da Capo Press- 2008.

6. Isaev.I.F. Pedagogik texnologiyalar nazariyasi va amaliyoti. Fan va texnologiya. Toshkent- 2018.

7. Lillard.A. Montessori: The Science Behind the Genius. Oxford, Oxford University Press- 2017.

8. Montessori.M. The Montessori Method. New York, Frederick A.Stokes Company- 2013.

9. OECD. Starting Strong: Early Childhood Education and Care. Paris, OECD Publishing- 2019.

10. Vygotsky.L. S. Mind in Society. The Development of Higher Psychological Processes. Cambridge, Harvard University Press- 1978.

Similar Articles

<< < 1 2 3 4 5 6 

You may also start an advanced similarity search for this article.