ZINELBULOQ KONI TALK-MAGNEZIT XOMASHYOSINI KOMPLEKS TAHLIL QILISH NATIJALARI
Keywords:
talk-magnezit, magnezit, talk, IQ spektroskopiya, Rentgenofazaviy spektroskopiya, Rentgenofluorosensiya, DTA spektrometriya.Abstract
Ushbu maqola kimyo sanoatida keng foydalaniladigan talk va uning magnezitli cho‘kmalarini ajratishga bagʼishlangan. Ilmiy tadqiqot ishida Qoraqolpog‘iston respublikasidagi Sulton Uvays togʼ tizmasida markaziy qismida joylashgan Zinelbuloq koni talk-magnezit xom ashyosining tarkibi kompleks tahlil qilingan. Xususan, IQ spektroskopiya, Rentgenofazaviy spektroskopiya, Rentgenofluorosensiya, DTA spektrometriya usullaridan foydalanilgan. Shuningdek, Talkmagnezit xomashyosi Diiferensial termik analiz qilindi. Issiqlik almashinish qurilmalari ichki yuzalaridan olingan namunaning termal barqarorligi va kristallik holatini tekshirish uchun termogravimetrik tahlil (TGA) va differentsial termal tahlil (DTA) o‘tkazildi.