HIKOYALARDA INSON TABIATI VA IJTIMOIY VOQELIKLARNING TASVIRIDA IRONIYA TALQINI
Main Article Content
Abstract
Ushbu maqolada muallif A.Qahhor, A.P.Chexov, S.Moem hikoyalari asosida mohirona qo‘llanilgan badiiy tasvir ironiyaning talqin qilinishi ko‘rib chiqilgan. Ma’lumki ironiya badiiy tasviri voqealarni yoki xarakterlarni tanqidiy yondashuv bilan, yashirin ma’no orqali tasvirlashdir. Bu vosita orqali yozuvchi jamiyatdagi muammolarni, insoniy kamchiliklarni kulgili yoki achchiq kinoya orqali ifodalab undagi muammolarni yuzaga chiqaradi. Maqolada ushbu badiiy tasvir uch adib hikoyalari misolida tadqiq etilgan va misollar bilan izohlangan. Bu badiiy tasvir orqali qahramonlar, muhit hamda ijtimoiy muammolarni mualliflar qanday yoritganini o‘rganiladi. A. Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasida ironiya kuchli ta’sir kuchiga ega bo‘lib, yozuvchi qahramonlarning ichki his-tuyg‘ulari va jamiyatda yuz berayotgan voqealarni tanqidiy, nozik kulgu bilan ko‘rsatadi. A.P. Chexovning “Толстый и тонкий” hikoyasida ironiya badiiy tasvir sifatida juda samarali qo‘llangan bo‘lib, u asar mavzusini ochish va qahramonlarning xarakterini ochib berishda katta rol o‘ynaydi. Somerset Moemning “The Verger” hikoyasida irodiya insonning orzu-umidlarini, ijodiy daho va jamiyat o‘rtasidagi qarama-qarshilikni ochib berishda samarali qo‘llangan.
Article Details
This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
How to Cite
References
Kubasov.A.V “A.P.Chexov nasri:stilizatsiya san’ati”,Ekaterinburg,1998,-b:397.
Moem.S “The Verger”, “Penguin Books; reprint edition” , 1984, -b256
Moem.S “The complete short stories”,Garden City, N. Y,1961,-b:955
Qahhor.A, “Adabiyot muallimi”, Toshkent: Yangi asr avlodi, 2019, -b:128
Qahhor.A “O‘g‘ri” ,Toshkent,1936
Quronov.D, Mamajonov.Z, Sheraliyeva.M, “Adabiyotshunoslik lug‘ati”,Toshkent “Akademnashr”,2010, -b:397
Qoʻshjonov M. Abdulla Qahhor mahorati, Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1984.
Richard. Kordell, “Somerset Moem, barcha fasllar uchun yozuvchi”, Indiana University Press, 1969, -b: 308.
Sanjar Sodiq “So‘z san’ati jozibasi”. T. “O‘zbekiston”, 1996
Вигдорчик, А. «Чехов и ирония». Вопросы литературы, 1997, № 5.
Chexov.A.P “Тонкий и толстый”, “Осколки” jurnali, 1883, -b:128
Qizi, G. I., (Gavharoy Isroiljon qizi.) & Ulikova, M. (2021). Description of the concept of love and family relationship. Journal of Academic research in educational sciences, 2 (10), 601-606.