O‘YIN METODLARI ORQALI ERTA TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING SAMARADORLIGI
Основное содержимое статьи
Аннотация
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda erta ta’limni tashkil etishda o‘yin faoliyatining pedagogik samaradorligi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘yin bolaning tabiiy ehtiyoji sifatida uning bilish jarayonlari, ijtimoiy moslashuvi, nutq rivoji hamda ijodiy fikrlashini shakllantirishdagi o‘rni asoslab beriladi. O‘yin faoliyatiga asoslangan ta’lim modeli bolalarning mustaqil qaror qabul qilish, muammo yechish va hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim omil ekanligi aniqlanadi. Tadqiqot jarayonida kuzatuv, pedagogik tajriba-sinov ishlari va tahliliy usullardan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, o‘yin asosida tashkil etilgan erta ta’lim bolalarning ta’limga qiziqishini oshiradi, psixologik qulay muhitni ta’minlaydi va ta’lim samaradorligini sezilarli darajada yuksaltiradi. Maqola natijalari maktabgacha ta’lim muassasalari amaliyotida qo‘llash uchun tavsiya etiladi.
Информация о статье

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
Библиографические ссылки
1. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. Yangi tahrir. Toshkent- 2020.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ–4312-son “O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ–3305-son “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
4. Elkonin.D.B. Bolalar o‘yinining psixologiyasi. Moskva. Pedagogika- 2015.
5. Montessori.M. The Montessori Method. New York.Frederick A. Stokes Company- 2017.
6. Piaget.J. Play, Dreams and Imitation in Childhood. London.Routledge- 2016.
7. UNESCO. Early Childhood Care and Education. Global Perspectives. Paris, UNESCO Publishing- 2019.